Qoraqalpog‘istondagi to‘yda yo‘l talashib, avtomobillarga shikast yetkazgan haydovchilar qamaldi

Avvalroq, Qoraqalpog‘istonda to‘y korteji haydovchilari $200 uchun yo‘l talashib, bir-biri bilan to‘qnashgani haqida xabar bergan edik.

Qayd qilinishicha, 12-iyun kuni Kegeyli tumanida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan A.N. nikoh to‘yida 9 ta mashina Nukus shahridan Kegeyli tumaniga qarab kortej bo‘lib harakatlangan. 

To‘y egasi o‘zi o‘tirgan mashina orqasidan birinchi bo‘lib yetib borgan haydovchiga 200 AQSh dollar berishini va’da qilgan. Shundan so‘ng, haydovchilar kimo‘zarga harakatlanib, yo‘l talashib, bir-biri bilan qasddan to‘qnashgan. 

13-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahri sudi 13 nafar ishtirokchiga taalluqli ma’muriy ishni ko‘rib chiqdi. Ular "axloq-odob me’yorlarini mensimaslik, jamoat tartibini buzganlikda" ayblanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) ko‘ra 15 sutkaga qamaldi. Jazolanganlar orasida to‘y egasi ham borligi ta’kidlanmoqda. 

Shuningdek, to‘y saylida ishtirok etgan 9 ta mashina jarima maydoniga qo‘yilib, haydovchilarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51817 | Инструменты