Huawei 1
Qoraqalpog'istondagi kanalda suv bosimi ortishi oqibatida aholi xonadonlarini suv bosdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog'istonning To‘rtko‘l tumanidagi kanalda suv bosimi ortishi oqibatida uylarni suv bosgani aks etgan suratlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Suv xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24-fevral kuni soat 04:00 atrofida To‘rtko‘l tumanidagi "Kalta minor-1" xo‘jaliklararo kanalida 192-piketda yon tomondan (to‘g‘on) suv tushgan. Natijada hududdagi uylar va binolarni suv bosgan.

Ta'kidlanishicha, ishchi kuchlari va maxsus texnika safarbar qilinib, ertalab soat 7:00 da kanaldan suv chiqqan joy butunlay yopilgan.

Suvning yuvilishi va kanal qirg‘oqlarining qulashi natijasida 8 ta xonadonning uy-joylari va 2,5 gektar ekin maydonlari zarar ko‘rgan.Ma'lumot o'rnida, To‘rtko‘l tumani sug‘orish boshqarmasi balansidagi "Kalta minor-1" kanalining quvvati 18 m3/sekund bo‘lib, shu kuniyoq kanalga 13 m3/sekund suv ochilgan. Bu kanal suvga to‘lib ketmayotganini ko‘rsatadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122513 | Инструменты