Huawei 1
Qozog'istonda pasporti noqonuniy tarzda olib qo'yilgan o'zbekistonlikka shaxsini tasdiqlovchi hujjati qaytarildi

O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Qozog'istonda pasportlari noqonuniy tarzda olib qo'yilgan yurtdoshimizga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA. 

Bosh konsulxona ma'lumotiga ko'ra, vatandoshimiz R.N. Olmaota shahar ichki ishlar organlari tomonidan olib qo'yilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini olib berish va O'zbekistonga qaytishi uchun amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.

Ma'lum bo'lishicha, u Qozog'istonga 2024-yil boshida ishlash maqsadida kelgan va qurilish sohasida vaqtincha ishga joylashgan. Ish beruvchi yurtdoshimizning pasportini olib qo'ygan va keyinchalik ro'yxatdan o'tkazish uchun migratsiya politsiyasiga topshirgan. R.N. 2024-yil sentyabr oyida Olmaota shahri Naurizbay tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan mamlakatda bo'lish qoidalarini buzish holati bo'yicha ma'muriy javobgarlikka tortiladi. Shunga qaramay, u Qozog'istonda noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug'ullanishda davom etgan.

O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari sa'y-harakatlari bilan R.N.ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari qaytarildi.

Hamyurtimiz "Olmaota-Toshkent" yo'nalishidagi avtobus orqali O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20716 | Инструменты