Huawei 1
Qozog'istondagi yirik mediaxolding rahbari bilan ijodiy hamkorlik istiqbollari kelishib olindi

O'zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Mang'istau viloyatidagi yirik "Mangistaumedia" mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori Gulmira Abisheva bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Unda O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Ikki davlat o'rtasida o'zaro tovar ayirboshlashni oshirish, Oqtov shahrida ulgurji-taqsimlash markazini ochish, turizmni rivojlantirish va madaniy aloqalarga e'tibor qaratildi.

 "Mangistaumedia" MCHJ direktori Gulmira Abisheva mediaxolding faoliyati haqida ma'lumot berdi. U ommaviy axborot vositalarining ikki qardosh xalq o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdagi o'rni va ahamiyatini alohida qayd etdi. Gulmira Abisheva, shuningdek, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni kuzatib borayotganini va mamlakat yutuqlarini yuqori baholashini bildirdi.

Tomonlar "mangystaumedia.kz" saytida O'zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida turkum maqolalar tayyorlash va tarqatish to'g'risida kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112617 | Инструменты