Qurilish vaziri Botir Zokirov: Buxoro shahrida turizm markazini qurilishi - hali loyiha

Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlarda buxorolik fuqarolar shahardagi turizm majmuasi qurilishidan norozi bo‘lib davlat rahbariga murojaat yo‘lladi. Unga ko'ra, Buxoro turizm markazini qurish uchun tanlangan joy Buxoro tarixiy markazining bufer zonasida joylashgan. Odamlar bundan norozi, hattoki heshteglar bilan ijtimoiy tarmoqlarda faollar tanqidiy gaplar yozishmoqda. 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, vazir Botir Zokirov ayni vaqtda Buxoro shahriga yo‘l oldi. U yerda fuqarolar bilan uchrashib, jarayonni o‘rganmoqda.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov Buxorodagi holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

"Markazning loyiha taklifi bo‘lgach, jamoatchilikka muhokama uchun qo‘yiladi. Buxoro shahrida aholi uchun alohida taqdimot qilib beriladi. Ayni vaqtda o‘rganish ishlari olib borilmoqda, xolos. Bu degani ertadan buzilish boshlanadi, degani emas, hali oxirgi nuqta qo‘yilganicha yo‘q. Loyihani hali YUNESKO bilan kelishish bosqichi bor.

Hozir markaz tushadigan joyda xatlov ishlari olib borilmoqda. Ya’ni tartibga ko‘ra, u yerda qancha bino bor, kimga tegishli ekani haqida ma’lumot yig‘iladi. Agar markaz o‘rnida joylashgan bino va inshootlar buziladigan yoki boshqa joyga ko‘chiriladigan bo‘lsa, loyiha tanlovida yutgan tadbirkorlik sub’yekti tomonidan o‘rniga o‘rin qurib berish yoki o‘rnatilgan tartibda kompensasiya to‘lib beriladi. Loyiha va qurilish ishlariga kamida ikki yil vaqt ketadi, - dedi vazir. 

Eslatib o'tamiz bundan oldin Buxoro markaziy stadioni buzilib, o‘rniga turizm shaharchasi qurilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Holatga O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev va deputat Umida Rahmonova munosabat bildirgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11201 | Инструменты