Soliq qo‘mitasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 6 536 nafar jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 10 mlrd 563 mln so‘m (10 million 563 ming 890 kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining «Keshbek va imtiyozlar» xizmatining «Quyoshli xonadon» bo‘limidagi «Kartaga pul o‘tkazish» oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
2023 yil 1 apreldan «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121915 | Инструменты