Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov HP kompaniyasining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha boshqaruv direktori Svetlana Vyrypaeva bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ishtirokchilarga mamlakatimizda IT sohasini rivojlantirishga qaratilgan va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.
HP kompaniyasi vakili O‘zbekistonda biznes yuritish uchun qulay muhit yaratish borasida hukumat erishayotgan natijalar haqida ijobiy fikr bildirdi. U vazirlik bilan IT sohasini rivojlantirish va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qilayotgan HP Life va HP Gaming Garage kabi ta’lim loyihalarida hamkorlikning ahamiyati va istiqbolini alohida ta’kidladi.
Muhokamalar yakuni bo‘yicha tomonlar IT-texnologiyalarini rivojlantirish va ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirdilar.
Sheriklikni mustahkamlash va hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi va HP kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandumga asosan, IT ta'lim hamda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar, treyninglar va tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarga HP Gaming Garage, HP Life online resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratish masalalari borasida istiqboldagi rejalar kelishib olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51119 | Инструменты