Huawei 1
Raqobat qo‘mitasi “Orient Finans” bankni jarimaga tortdi

Raqobat qo‘mitasiga “Orient Finans” XATB Termiz filiali tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarini qonuniyligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida, “Orient Finans” XATB Termiz filiali tomonidan Termiz shahri Hakim At-Termiziy ko‘chasidagi bank ofisi oldida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarining o‘rnatish huquqini beruvchi hujjatlari (pasport, guvohnoma, ruxsatnoma va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlar) mavjud emasligi hamda reklama axborotini tarqatish bo‘yicha mahalliy hokimliklar bilan belgilangan tartibda shartnomalar imzolanmasdan kelinganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 24 va 25 moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari yuzasidan “Orient Finans” XATB Termiz filialiga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122318 | Инструменты