2024-yilda Raqobat qo‘mitasiga elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan, shulardan 81,9 % (1085 ta) ijobiy hal etilgan, 14,3 % (190 ta) bo‘yicha tushuntirish berilgan, 1,3 % (17 ta) vakolatli organlarga yo‘naltirilgan va 33 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.
Natijada, 423 isteʼmolchining huquqlari tiklandi, 88,9 million so‘m isteʼmolchilar foydasiga qayta hisoblandi, 31,6 million so‘mlik mahsulotlar almashtirilishi taʼminlandi.
Elektron savdo maydonlarida ko‘pchilik muammolar maishiy texnika sotuvidan (77,9 %) kelib chiqib, asosan nuqsonli tovarlarga bog‘liq ekanligi aniqlangan.
Murojaatlar kesimida eng ko‘p muammoli platformalar:
- Uzum Market – 39,6 %;
- Alif Shop – 9,9 %;
- Uzum Nasiya – 6,5 %;
- ZoodMall – 6,0 %;
- Asaxiy uz – 3,8 %;
- IDEA – 2,5%;
- Hopshop – 2,1%;
- 100K uz – 2,1%.
Shuningdek, murojaatlarni hal qilish samaradorligi bo‘yicha turli platformalar faoliyati tahlil qilindi:
- Openshop uz – 100 %;
- Hopshop – 92,9 %;
- Sello uz – 87,5 %;
- Alijahon uz – 81,5 %;
- ZoodMall – 81,0 %;
- 100K uz – 78,6 %;
- Alif Shop – 67,2 %;
- Uzum Nasiya – 66,3 %;
- Uzum Market – 60,2 %.
Shu o‘rinda, quyidagi elektron savdo platformalari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarnining aksariyati isteʼmolchilar foydasiga hal qilinmasdan, murojaat qanoatlantirilishi juda past ko‘rsatkichni tashkil etmoqda:
- Sandiqshop – 21,4 %;
- Booknomy – 28,6 %.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13102 | Инструменты