Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Muzeylar – boy tariximiz va betakror madaniyatimiz xazinasi" mavzusida muzeylar oyligi o'z faoliyatini boshladi.
Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Muzeylar – boy tariximiz va betakror madaniyatimiz xazinasi” mavzusida muzeylar oyligi o‘z faoliyatini boshladi.
Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorligida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan ushbu oylik yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Muzeylar oyligi davomida poytaxtimiz va respublikamiz hududidagi muzeylar, suratlar galereyalari hamda uy-muzeylarida turli mavzulardagi yangi ko‘rgazmalarning ochilishi bo'lib o'tadi. Shuningdek, turli xayriya tadbirlari, tanlovlar, viktorinalar, restavratorlar ishi bilan tanishuv, konsert dasturlari, yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, hunarmandlar, haykaltaroshlar va kulollar bilan davra suhbatlari, “Mahorat dasrlari” o‘tkaziladi.
Muzeylar oyligi davomida muzey ish vaqtini uzaytirilishi, ochiq eshiklar kunini tashkil etilishi rejalashtirilgan bo'lib, u Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi hamkorligida olib boriladi. Shuningdek tadbirga maktab, kollej, litsey, institut va universitet o‘quvchi-talabalari, professor-o‘qituvchilarni keng jalb etish nazarda tutilgan.
Oylik davomida 70 tadan ortiq havaskorlik badiiy jamoalari, 80 dan ziyod shoir va yozuvchilar, 100 nafarga yaqin rassom, haykaltarosh, hunarmand va boshqa ko‘plab mutaxassislarning ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40406 | Инструменты