Huawei 1
Rishtonda kulolchilik tarixi muzeyi ochiladi

“Rishton an'anaviy kulolchiligi tarixi muzeyi faoliyatini yo'lga qo'yish to'g'risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Rishton an'anaviy kulolchiligi tarixi nodavlat muzeyi tashkil qilinadi.

Quyidagilar muzeyning asosiy vazifalari etib belgilandi:

- muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, to'plash va saqlash;

- madaniy, ma'rifiy, ilmiy va ta'lim faoliyatini amalga oshirish;

- yoshlarni “ustoz-shogird” an'analari asosida kulolchilik hunariga o'rgatish;

- kulolchilikning boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish;

- ekspozitsiyalarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;

- chet el muzeylari bilan ko'rgazmalar tashkil etish borasida o'zaro manfaatli hamkorlik o'rnatish.

Muzeyni tashkil etish bo'yicha ishchi guruh tasdiqlandi va uning asosiy vazifalaridan biri etib, muzey konsepsiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda muzey faoliyatini yo'lga qo'yish belgilandi.

2025-yil 1-aprelga kadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi muzey faoliyatiga to'liq moslashtiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13102 | Инструменты