Rossiya neftining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kirib kelishi 2024-yilning yanvar—avgust oylarida 2023-yilga nisbatan 30 foizga oshdi. Bu haqda Rossiya energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Sorokin maʼlum qilgan.
Sorokin Federatsiya Kengashi va Qozog‘iston Senati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyaning 22-yig‘ilishida so‘zga chiqib, joriy yilda O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmi sezilarli darajada oshganini taʼkidlagan va qozog‘istonlik hamkorlarga asosli yondashuv uchun minnatdorlik bildirgan.
Bundan tashqari, u 2023-yilda Rossiya neftining Qozog‘iston orqali Xitoyga yetkazilishi 10 million tonnani tashkil etganini eslatib, 2024-yilda ham bu ko‘rsatkich qayd etilishini ishonch bilan aytib o‘tgan.
2023-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga yetkazib berilayotgan neft hajmi 154,3 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil oxiriga kelib bu hajmni 500 ming tonnadan ortiqroqqa yetkazish rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты