Huawei 1
Rossiya tomonidan yuk mashinalarining Rossiya va Belarus chegarasidan o‘tishida yangi tartib joriy etildi

2024-yilning yanvar oyidan boshlab, Belarus-Rossiya chegarasidagi “Красная горка”, “Рудня”, “Красный камень” nazorat punktlaridan uchinchi davlat fuqarolarining o‘tishi cheklandi.

Yangi tartibga muvofiq ikki davlat chegarasidan faqat Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi fuqarolari erkin o‘tishi (kirish va chiqish) mumkin.

Ushbu tartib avtotransportda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan haydovchilarga ham tegishli.

Uchinchi davlat (shu jumladan YeOIIga a’zo davlatlar) fuqarolari bo‘lgan xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar Rossiya Federatsiyasiga kirishi va mamlakatni faqat xalqaro chegara-nazorat punktlari orqali tark etishi mumkin.

Yangi tartibning joriy etilishi ortidan uchinchi davlat, xususan, O‘zbekiston fuqarolari boshqaruvida bo‘lgan yuk mashinalarining Rossiya-Belarus chegarasida to‘planib qolish holati kuzatildi.

Yuzaga kelgan mazkur holat O‘zbekiston va Belarus Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi transport vazirliklari rahbariyati darajasida muhokama etildi.

"O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rahbariyati tomonidan ushbu holatda milliy tashuvchilarimiz manfaatlarini inobatga olgan holda Hukumat darajasida yechim topish yuzasidan diplomatik kanallar orqali muzokaralar olib borilayotganligini ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21307 | Инструменты