Rossiyada o‘z mashinasida avtohalokatga uchragan o'zbekistonlik vatanga qaytarildi
Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida avtohalokatga uchragan o'zbekistonlik Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning may oyida andijonlik A.T. Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida borgan. U ehtiyotsizlik oqibatida o‘z avtomashinasida avtohalokatga uchragan va ishga yaroqsiz holga kelib qolgan.
A.T. murojaatiga asosan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan “Novosibirsk-Tashkent” yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytishida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Mazkur fuqaroning O‘zbekistonda mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan kutib olinib, davolanishda amaliy yordam ko‘rsatilishi kelishib olingan.
Avvalroq, 11 yil avval Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida borgan, og‘ir dardga chalinib, ishga layoqatsiz bo‘lib qolgan O'zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgani haqida xabar qililgandi.
Bundan tashqari, joriy yil 25-iyul kuni, Rossiyadan ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, qarovsiz, nazoratsiz qolib ketgan va yordamga muhtoj bo‘lgan 19 nafar bolalar tegishli mutasaddi idoralar hamkorligida O‘zbekistonga olib kelingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51202 | Инструменты