U odamlarni aldab, pullarini o‘zlashtirib qochib ketgan bo'lgan
Rossiyaning Sank-Peterburg shahrida O‘zbekiston Interpoli tomonidan qidiruvda bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, 2021-yilning yozida jinoyatchi Telegram tarmog‘ida guruh tuzdi va uning ishtirokchilarini ikki baravar daromad olishga qiziqtirib, firibgarlik yo‘li bilan ularni plastik kartaga pul o‘tkazishga ko‘ndirdi.
Vaʼdasini bajarmagan firibgar, o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirib olib, qochib ketgan.
Joriy yilning iyul oyida jinoyatchi Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.
Axborot taʼminoti va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarning yashiringan joyi aniqlanib, tez orada Sankt-Peterburg shahrida qo‘lga olindi.
Hozirda munosib jazoga tortilishi uchun sudga topshirish maqsadida O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekiston Interpol MMB xodimlari xalqaro qidiruvda bo'lgan Turkiya fuqarosini qo'lga olgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51119 | Инструменты