O‘zbekiston Interpol MMB xodimlari xalqaro qidiruvda bo'lgan Turkiya fuqarosini qo'lga oldi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Interpol MMB xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan Turkiya fuqarosini ekstraditsiya qildi, deya xabar bermoqda Interpolning O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziy byurosi.
Aniqlanishicha, Interpolning O‘zbekiston Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan mamlakat hududida muhrlarga qasddan zarar yetkazish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun qidiruvda bo‘lgan Turkiya fuqarosi qo‘lga olingan.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rov qanoatlantirilgandan so‘ng, Turkiyadan kuzatuv guruhi Islom Karimov nomli xalqaro aeroportga yetib kelgan. Shu yerda Interpolning Anqara Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan jinoyatchi o‘zbekistonlik hamkasblar qo‘liga topshirildi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O'zbekistonda xalqaro qidiruvda bo'lgan katta jinoyatchi qo'lga olingani, Polsha zo‘rlagani uchun qidiruvda bo‘lgan jinoyatchini O‘zbekistonga ekstraditsiya qilgani, xalqaro qidiruvda bo‘lgan chet el fuqarosi O‘zbekistonda qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51119 | Инструменты