Huawei 1
Rossiyada yolg‘iz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar berdi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.

Uni Toshkentga olib kelgan samolyot bortida Rossiya IIV xodimlari ham hamrohlik qildi. Voyaga yetmagan fuqaro Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi.

Bolani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ko‘magida oldindan tayyorlangan ota tarafdagi oilasi kutib oldi. U uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari uning doimiy yashash joyida davom ettiriladi.

O‘zbekiston IIV, TIV va IHMAning samarali hamkorligi natijasida yil boshidan buyon jami 54 nafar voyaga yetmagan fuqaro vatanga qaytarildi. Ularning ayrimlari haqida quyidagi havolalar orqali o‘qish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60804 | Инструменты