Huawei 1
Samarqand arxitektura-qurilish universitetida yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 1 oktyabr kuni soat 23:45 da Samarqand shahar Lolazor ko‘chasida joylashgan Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar berilgan.

Samarqand viloyat FVB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 6 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 23:54 da yetib borilib, soat 00:30 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida eski qurilish mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100223 | Инструменты