Huawei 1
Samarqand shahri ilk bor Butunjahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi yig‘ilishiga mezbonlik qiladi

Kelgusi hafta Samarqand shahri ilk bor Butunjahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi yig‘ilishiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Prezident raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish va “Yashil makon” kuzgi mavsumini tashkil etish bo‘yicha o'tkazilayotgan yig‘ilishda ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, hozirni o‘zida 128 ta mamlakatdan 1 mingdan ziyod ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi, shundan 79 nafari turizm vazirlari, 24 nafari vazir o‘rinbosarlari.

Prezident ushbu tadbir hokimlarga mamlakat turizm salohiyatini ko‘rsatish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Har bir viloyat hokimi o‘z delegatsiyalari bilan viloyatining tabiati, tarixi, madaniyati, ovqatlari, ziyoratgohlari, sayyohlik maskanlari va marshrutlarini namoyish qilishi, turizm loyihalari bo‘yicha kelishuvga erishishi shartligi qayd etildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, madaniy tadbirlarni ko‘paytirish turistlarni jalb qilishda katta imkoniyat ekani ta’kidlandi.

Bunday tadbirlar Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent viloyatlarida ko‘p o‘tkazilayotgani, lekin Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida bu boradagi ishlar qoniqarsiz ekani aytildi.

Viloyatlar hokimlari Madaniyat vazirligi bilan birgalikda har oy yirik madaniy tadbir o‘tkazishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tuman va shaharlarda ko‘p sayilgoh, xiyobon, istirohat bog‘lari, teatr va madaniyat uylari bo‘sh turgani, na turistlarni, na aholimizni o‘ziga jalb qila olayotgani qayd etildi.

Hududlar rahbarlariga bu joylarda musiqiy, ko‘ngilochar va ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etib borishga topshiriq berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10212 | Инструменты