Huawei 1
Samarqand shahrida sog'lom archalarni kesib tashlagan MChJ tashkiloti aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqand shahrida sog‘lom archalar kesib tashlanmoqda" mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Samarqand shahar hokimligi ushbu holatga rasmiy munosabat berdi.

Unga ko'ra, o‘rganish natijalarining ilk xulosalariga asosan, haqiqatdan ham Samarqand shahar Spitamenshox ko‘chasi 157-uy atrofidagi piyodalar yo‘lagida qurilish ishlari davom etayotgan vaqtda sog‘lom 3 tup "Eldor" qarag‘ayi hech qanday tegishli ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan kesib olinib, "Samarqand Avtotex xizmat" MCHJga tegishli bo‘lgan yuk mashinasiga yuklab olib ketilganligi aniqlandi.

Hozirda  ushbu noqonuniy hatti-harakat kim tomonidan sodir etilganligini aniqlash va qonun talablari doirasida chora ko‘rish maqsadida dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi, - deyiladi hokimlik xabarida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22100 | Инструменты