Huawei 2
Samarqandda 1 kilo opiyni 150 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan erkak qo'lga olindi

Samarqand viloyati Urgut tumanida opiy giyohvandlik moddasini sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

17-iyun kuni Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda 47 yoshli fuqaro 1 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini xaridorga 150 million so‘mga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Surishtiruv ishlari davomida mazkur shaxsning vaqtincha yashash manzili yotoqxonasidan gashish va opiy saqlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

To‘plangan hujjatlar tergov boshqarmasiga topshirilgan, holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62802 | Инструменты