Samarqandda 14 yoshli qiz o‘zini 8-qavatdan pastga tashlab joniga qasd qildi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 13 yanvar kuni soat 17:30 atrofida Samarqand viloyati Saxovat MFYda yashagan 29-maktabning 8-sinf o‘quvchisi ko‘p qavatli turar joy binosining derazasidan o‘zini tashlab joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holatga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi hamda masʼul idoralarga xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21110 | Инструменты