"Milliy tiklanish" partiyasi deputati Alisher Qodirov o‘z Telegram kanalida Energetika vazirligiga jiddiy eʼtiroz bildirdi.
"Bugun jamiyatimizda energetika bilan bog‘liq eʼtiroz va tushunmovchiliklar shunchalik ko‘payib ketdiki, ijtimoiy tarmoq orqali sohani tushungan ham, tushunmagan ham tanqid qilyapti", - deb yozadi deputat.
Taʼkidlanishicha, yuqoridagi holatlarning asosiy sababi Energetika vazirligining targ‘ibot ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymagani bilan bog‘liq.
"Bugun elektr energiyaning 75 foizi gazni yoqish orqali ishlab chiqarilayotgani, tarmoqdagi muammolar, "yashil energetika"ni rivojlantirish borasidagi ishlar, loyihalar ko‘lami haqida odamlarga kim maʼlumot beradi?",- deya qayd etgan Qodirov.
Avvalroq, Alisher Qodirov barcha tashqi yozuvlar va eʼlonlar o‘zbek tilida bo‘lishi kerakligi haqida gapirgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21105 | Инструменты