Samarqandda 2 erkak 2 nafar ayolni do'pposladi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar ayolni 2 erkak kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holatni IIB o'rganib, rasmiy munosabat bildirdi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu janjal shu yilning 21-iyul kuni Samarqand tumani Yangiariq mahallasida sodir bo'lgan. Unda to'rttala shaxsning o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida o‘zaro janjal kelib chiqqan. So'ng ular bir-birlarini urib, tan jarohati yetkazishgangan. Vieoda ikkala ayol ham erkaklar tomonidan urilganini, bir ayol qattiq zarba olib o'rnidan turolmay qolganini, atrofdagilar video tasvirga olib, ularga yordam ko'rsatmaganini, ayolning bolasi onasining tepasida dodlab yig'laganini ko'rishimiz va bir erkakning "Hamma videoga olsin",-deb baqirganini eshitishimiz mumkin.

Hodisa joyiga tuman IIB xodimlari chiqib, holat rasmiylashtirilgan.

Hozirda Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51420 | Инструменты