Huawei 1
Samarqandda fuqarolarni Isroilga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan U.V. va F.F. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Isroilga ishga yuborishi evaziga jami 52 700 AQSH dollarini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, U.V. va F.F. tomonidan o‘z aybiga iqror bo‘lib, fuqarolardan olgan pullari hisobidan 7 000 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Xuddi shunday, Samarqand shahridagi “E.L.” nodavlat taʼlim muassasasi ish yurituvchisi U.H. fuqarolar Z.Z. va B.A. ni ushbu o‘quv markazida o‘qitib, keyinchalik Isroilga ishga yuborishi evaziga jami 6 700 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92421 | Инструменты