Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi oilaning 3 nafar aʼzosi yaʼni er-xotin va 5 yoshli bolasi ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan TTBning yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda “Zamon” dasturi xabar qildi.
Aniqlanishicha, ular uy sharoitida tayyorlangan kanservadan zaharlangan. Shifokorlar ularga ovqatdan zaharlanish yaʼni botulizm tashxisini qo‘ygan.
"Endi bunday bo‘lishini bilmagandik. Avvallari qilardik, yeganimizda bunday bo‘lmas edi",- deydi ayol.
Hozirda bemorlar shifoxonada davolanmoqda. Shifokorning taʼkidlashicha, ularning barchasi sshifoxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan.
Biroq surishtiruvlar davomida ushbu oilaning 4 nafar aʼzosi shifoxonaga olib kelingan. Oilaning eng kichik aʼzosi shifoxonada vafot etgan.
Onasi farzandini muqaddam talvasa sindromi bilan davolanganligini aytdi.
Shifokorlar ham bolaning o‘limi ovqatdan zaharlanish emasligini maʼlum qildi.
“Marinovka”ni 3 kishi isteʼmol qilgan, vafot etgan bolasi isteʼmol qilmagan. U bola talvasa sindromi bilan vafot etgan"- deydi shifokor.
Biroq Pastarg‘om tumani SES bo‘limi boshlig‘i shifokorlar bergan maʼlumotni inkor qilib, ushbu oilaning 4 nafar aʼzosida ham ovqatdan zaharlanish kuzatilganligini maʼlum qildi,
"U bolaga talvasa sindromi qo‘yilgan. Davolovchi shifokorlar chalg‘igan. Bemorning harorati baland bo‘lganligi uchun talvasaga tushyapti, degan gumonda, noto‘g‘ri tashxis qo‘ygan",- deydi SES bo‘limi boshlig‘i.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111409 | Инструменты