Joriy yilning 23 iyul kuni soat 14:00 atrofida Samarqand viloyati “Saxovat” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda YTH sodir bo‘lgan.
Oqibatda velosipedchi tan jarohatlari bilan shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Olib borilgan muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.
“Yo‘lda to‘satdan oldimdan velosiped minayotgan bolakay chiqib qoldi. Men uni ko‘rmay qoldim. Haydovchilar va velosipedchilardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘rayman. Men qilgan ishimdan afsusdaman. Bu boshqa takrorlanmaydi”, - deydi haydovchi.
Hozirda Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122319 | Инструменты