Samarqand viloyati Ishtixon tumanida deyarli 2 mlrd so‘mlik tokni o‘g‘irlagan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda Bosh prokratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Qaraquyli” mahallasida joylashgan “M.G.M” oilaviy korxona rahbari X.Yo. jamiyat binosining yer to‘lasida mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 1,8 mlrd so‘mlik 2 mln kVt.soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holatlar yuzasidan X.Yo. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121711 | Инструменты