Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 93-umumta’lim maktabida o‘quvchining onasi o‘qituvchiga qo‘l ko‘targanligi aks etgan videoxabar tarqaldi.
Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 17-mart kuni 10:47 larda sodir bo‘lgan.
Ayol musiqa fani o‘qituvchisi farzandini haqoratlaganini aytib, unga tarsaki tushirgan. Direktor janjalni to‘xtatgan.
Ayni paytda holat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘rganilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91305 | Инструменты