Huawei 1
Samarqandda o‘rinbosari va xodimlarini so‘kkan hokimga hayfsan berildi

Qo‘shrabot tumani hokimiga hayfsan berildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi. 

Internet tarmog‘ida Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyevning ayrim xodimlarni haqorat qilganligi yuzasidan audio yozuv e’lon qilindi. Mazkur holatga viloyat hokimligining tegishli mas’ullari tomonidan aniqlik kiritildi.

Samarqand viloyati hokimining tegishli farmoyishi bilan Qo‘shrabot tumani hokimi Shakarboyev Dilshod Davronovichga nisbatan "hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Dilshod Shakarboyev tumanni 2022-yil 15-iyundan boshqarib keladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91723 | Инструменты