2022-yil 18-dekabr kuni Samarqand viloyati Nurobod tumani Saroy MFYdagi xonadonlarning birida yashovchi yigit o’z uyida spirtli ichimlik ichib, mast bo’lgan. U ko’ngilxushlikni kechga yaqin otasi bilan davom ettirib, ikkalasi ham aroq ichishgan. Shirakayf ota-bolaning oldindan davom etib kelayotgan kelishmovchiligi janjalga aylanadi.
Onasining o’limida otasini ayblab, har mast holatda bo’lganida unga tahdid qilib yurgan yigit qotilga aylandi. Sud hujjatlarida keltirilishicha, o’g’il otasinig peshona, yuz va bo’yniga qo’llari bilan urgani, pastki jag’ tishlarini sindirib tashlagani, o’z padarini bo’ynidan bo’g’ib, azoblagan.
Ota holsizlanib yiqilgan vaqtida, deraza oldida turgan qaychini uning bo’yniga suqib olgan. Tibbiyot xodimlarining yordamiga qaramay erkak shifoxonada vafot etgan.
Jinoyat ishlari bo’yicha Nurobod tuman sudida ushbu ish ko’rib chiqildi.
“Janjalni kelib chiqishiga yana shu qotillik sabab bo’ldi. Otam “onangni sen o’ldirgansan”, dedi. Men uni bo’yniga qo’ydim. Shundan keyin musht tushirdim, yerga yiqildi. Agar shu aqlim bo’lganida o’sha kuni bu ishni qilmasdim, uydan chiqib ketardim, afsusdaman”,-deydi yigit.
Sud hukmiga ko‘ra, fuqaro Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v, j” bandlari bilan aybli deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61223 | Инструменты