Huawei 1
Samarqandda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan “Jiguli” haydovchisi halok bo‘ldi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yuk mashinasi va “Jiguli” o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, holat 4 oktyabr kuni soat 23:20 atrofida tumanning Iskandariy mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R46 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. “GAZ53” haydovchisi qayrilib olish mumkin bo‘lmagan joydan harakatlanganida to‘g‘ridan kelayotgan “VAZ2103”ni o‘tkazib yubormasdan YTH sodir etgan.

Oqibatda yengil mashina haydovchisi olgan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100722 | Инструменты