Joriy 2024 yilda xakerlar onlayn platformalar va turli onlayn loyihalarni buzib kirish evaziga 2,2 milliard dollar qiymatidagi kriptovalyutani o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Chainalysis” tahlillarida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bir yil ichida bu turdagi yirik o‘g‘irliklar soni 2023 yilga nisbatan 7,4 foizga ko‘payib, 303 tani tashkil etgan. Ma’lum qilinishicha, jami o‘g‘riliklar miqdori o‘tgan yilga nisbatan 21 foizga oshgan.
Hisobotga ko‘ra, xakerlar tomonidan yarim yillikda o‘g‘irlangan mablag‘lar miqdori ikki barobarga (84 foizga) oshib, 1,6 milliard dollarga yetgan. Ammo ikkinchi yarim yillikda o‘g‘irlangan mablag‘lar soni sezilarli darajada kamaygan.
“Chainalysis”ning qayd etishicha, eng ko‘p holatda Shimoliy Koreya xakerlari aybdor bo‘lib qolmoqda. Kompaniyaga ko‘ra, ular 47 ta hujum natijasida 1,3 milliard dollar o‘g‘irlagan (102 foizli o‘sish).
“Yil davomida o‘g‘irlangan barcha kriptovalyutalarning 61 foizi aynan ushbu mamlakat xakerlari hisobiga to‘g‘ri keladi", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122210 | Инструменты