Samarqanddagi Bibixonim masjidi restavratsiya qilinadi. Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma'lum qildi.
"Kecha Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan uchrashib, Samarqand shahridagi Bibixonim masjidini restavratsiya qilish loyihasini muhokama qildik.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Og‘a Xon Trast” madaniyat jamg‘armasi va Qatar taraqqiyot jamg‘armasi bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi. O‘zaro munosabatlar O‘zbekistonning madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish sohasida hamkorlikda ish olib borishga qaratilgan bo‘lib, bu mamlakatimiz uchun ham, butun dunyo uchun ham katta ahamiyatga ega", - deya yozgan Saida Mirziyoyeva.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121300 | Инструменты