Sumkada 1800 dollar pul va qimmatliklar bo'lgan
Joriy yil 10-mart kuni soat 23:30da poytaxt aeroportida samolyot farroshi ichida pullari boʻlgan, unutib qoldirilgan sumkani topib, oʻzlashtirib olgan. Bu haqida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Olma-Ota–Toshkent" aviareysi bilan kelgan Oʻzbekiston fuqarosi samolyotda sumkasini unutib qoldirgan. U xodimlarga sumkasining ichida 1 800 AQSH dollari, 300 000 soʻm, bank kartasi, quloqchinlar va telefon quvvatlagichi bor boʻlganligini maʼlum qilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilgan. Natijada samolyotlarni tozalash bilan shugʻullanuvchi xususiy klining kompaniyasi xodimi mazkur sumkani topib olib, oʻg'irlab olgani aniqlangan.
Undan yuqoridagi koʻrsatib oʻtilgan pul va buyumlar ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10510 | Инструменты