O'zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari ko'magida kecha Sankt-Peterburg shahrida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan vatandoshimiz oilasi bag'riga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Hamyurtimiz 2024-yil iyul oyida Rossiyaga vaqtincha ishlash maqsadida kelgan. U Rossiya hududida qonuniy bo'lish uchun zarur bo'lgan patentini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yo'qotib qo'ygan. Shu bois aniq ishga joylasha olmagan.
So'nggi kunlarda hamyurtimiz kvartiraga to'lov uchun pul yo'qligi sababli ko'cha qoldi.
Bosh konsulxona diplomatlari vatandoshimizning yashash joyini aniqlab, unga O'zbekistonga yetib olishi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berdi. Shuningdek, yurtimizga qaytishi uchun aviachipta sotib olib berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22400 | Инструменты