Sankt-Peterburgning Kolpinskiy tumanidagi vaqtinchalik turar joy kabinasidan o‘zbekistonlik erkakning jasadi bo‘yni kesilgan holda topildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Volxovstroyevskaya ko‘chasidagi mazkur hodisa haqida politsiyaga 11-fevralga o‘tar kechasi xabar berilgan. Jasad 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga tegishli ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Sud-tibbiy ekpertizasiga ko‘ra, uning tanasida pichoqdan ikkita jarohat aniqlangan.
Qotillikda gumon qilingan ikki erkak allaqachon qo‘lga olingan. Hozirda jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20516 | Инструменты