Joriy yilning 31-yanvar kuni soat 20:30 atrofida Toshkent tumanida joylashgan klinikalardan birida laborant X.J. fuqaro Sh.B.ning olatini ushlab, shilqimlik qilgan. Holat yuzasidan sudi ishi JIB Toshkent tumani sudida ko‘rib chiqildi.
Sud majlisida sudlanuvchi bemor Sh.B. rentgen ko‘rigidan o‘tishga kelganda, unga yechinishini aytib ko‘rigdan o‘tkazmoqchi bo‘lganligi sababli oyog‘ini ushlab son suyaklari soxasini va bellaridan ushlab tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lib ushlaganligi hamda olatni tegidan ko‘raman deb, olatni ushlab qo‘li bilan tutib turgan vaqtida og‘ziga bemor olati tegib ketganligi bemor Sh.B.uni noto‘g‘ri tushunib yuziga shapaloq urganligini maʼlum qilgan.
Jabrlanuvchi Sh.B. rentgen shifokori X.J. bu holatni qasddan qilganligini aytib, unga nisbatan qonuniy jazo tayinlashni so‘ragan.
Sud hukmiga ko‘ra, J.X. MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoqqa olish jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20519 | Инструменты