2025-yil fevral oyida pensiya to‘lovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablag‘lar to‘liq 100 % moliyalashtirildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning fevral oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 4,1 mln nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar tijorat banklariga moliyalashtirilib berildi.
O‘z navbatida pensiya to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,4 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 82 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi taʼminlandi.
Avvalroq, “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq, xorijga chiqib ketgan pensionerlarga pensiya to‘lash vaqtincha to‘xtatib turilishi haqida xabar qilingandi.
Ma'lumot uchun, 2025-yilda nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari uchun jami 17,3 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid:
Pensiyani bir turdan boshqa turga o‘tkazish tartibi qanday?
Fuqaro bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiyani olishi mumkinmi?
"Menga qancha pensiya chiqar ekan?": Bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar
Maqola muallifi: Malika Norboyeva
Alpha version: 0.9.1.19 build 20518 | Инструменты