Huawei 1
Transafg‘on temiryo‘li qurilishi 2025 yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni yirik transport infratuzilmasi loyihalari, jumladan, Transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot bilan tanishdi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamovning «O‘zbekiston 24» telekanaliga ma’lum qilishicha, loyiha Afg‘oniston orqali Pokiston va Eron portlariga yetib borish uchun 80 kilometrlik uchastkani kengaytirishni o‘z ichiga oladi.

Unga ko‘ra, davlat rahbariga tanlangan maydon va loyiha donorlari bilan ishlash haqida ma’lumot berildi.

«O‘tgan yil oxirida muhtaram prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temiryo‘li loyihasi qurilishiga start berilgan bo‘lsa, bu yil Transafg‘on temiryo‘li qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan», — dedi u.

2021 yil fevral oyida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston Toshkentda «Termiz — Mozori-Sharif — Kobul — Peshovar» temiryo‘li qurilishi bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagan edi. Loyihani may oyida tayyorlash va yo‘l qurilishini 2021 yil sentabr oyida boshlash rejalashtirilgandi. Ammo Afg‘onistonda hokimiyat almashgani uni sekinlashtirdi. Biroq dekabrda Afg‘oniston muvaqqat hukumati unga qo‘shildi. 2022 yilning 18 iyulida mamlakatda Transafg‘on temiryo‘lining yo‘nalishi va loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiya ishlari boshlandi.

O‘zbekistonning «Boshtransloyiha» instituti yo‘l qurilishi qiymatini 4,6 milliard dollarga, Pokiston 8,2 milliard dollarga baholagan. OAV xabarlariga ko‘ra, loyiha 4,8 milliard dollardan 6 milliard dollargacha baholanmoqda. U yiliga 20 million tonnagacha yuk tashish imkoniyatiga ega 573 km uzunlikdagi magistral qurishni nazarda tutadi. Yangi transport yo‘lagi Yevropa Ittifoqi, Rossiya, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston va undan keyin Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini bog‘lashi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20518 | Инструменты