Ikkinchi yarim yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue o‘zining navbatdagi jangini yozda o‘tkazadi. Bu haqda “The Ring” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 15 iyun kuni Inoue Amerikaning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi boks oqshomida jang qiladi, uning raqibi WBC reytingida birinchi raqamli da’vogar, meksikalik Devid Pikasso bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Naoe Inoue 31 yoshda. Yaponiyalik bokschi 2012 yilda professional debyutini o‘tkazgan va 6-jangida jahon chempioni bo‘lib, yengil vazn toifasida (50,8 kg gacha) WBC chempionligini qo‘lga kiritgan.
Keyinchalik u ikkinchi yengil vaznda (52,2 kg gacha), shuningdek, eng yengil (55,3 kg gacha) va ikkinchi eng yengil vaznda mutlaq chempion bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20518 | Инструменты