Senat va Qonunchilik palatasining birinchi majlisi qachon chaqirilishi ma’lum qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi qaroriga ko‘ra:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisi 18-noyabr, dushanba kuni;
Senatning birinchi majlisi 19-noyabr, seshanba kuni Toshkent shahrida chaqiriladi.
Ma’lumot o‘rnida: odatda Qonunchilik palatasi va Senatning birinchi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham ishtirok etadi.
Shuningdek, birinchi majlisda Qonunchilik palatasi Spikeri hamda Senat Raisi saylanadi. Shuningdek, bosh vazir nomzodi ham tasdiqlanadi.
Konstitutsiyaga binoan, Senat Raisi Prezident taqdimiga binoan saylanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111718 | Инструменты