Huawei 1
Netanyaxu qarorgohiga signalli raketalar uchirildi

Isroilning Keysariya shahridagi bosh vazir Binyamin Netanyaxuning xususiy qarorgohi hududiga ikkita signalli raketa uchirildi. Bu haqda Isroil politsiyasi va “Shin-Bet” ichki xavfsizlik xizmatining qo‘shma bayonotida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 16-noyabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Hodisa yuz bergan paytda hukumat rahbari va uning oilasi uyda bo‘lmagan. Vayronagarchilik qayd etilmagan. Qo‘shma bayonotda bu “xavfli eskalatsiya” deb nomlangan.

Ma'lumot uchun, “Hizbulloh” joriy yil 19-oktyabr kuni Isroil bosh vazirining shaxsiy qarorgohiga dron hujumi uyushtirdi. O‘shanda ham Netanyaxu va uning rafiqasi Sara qarorgoh tashqarisida bo‘lgan. Hech kim jarohat olmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111719 | Инструменты