Ukraina prezidentining maʼlum qilishicha, hujumda “Kinjal” va “Sirkon” gipertovushli raketalari hamda “Iskander” raketalari qo‘llanilgan.
"Rossiya armiyasi bugungi keng ko‘lamli hujumda jami 120 ga yaqin raketa va 90 ta drondan foydalandi. Havo hujumidan mudofaa kuchlarimiz 140 dan ortiq havo nishonlarini yo‘q qildi. Hujum nishonlari energetika obyektlar bo‘lgan", — deb yozdi Volodimir Zelenskiy o‘z Telegram-kanalida.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Ukrainaga uyushtirilgan bugungi ommaviy hujum oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ortiq kishi jarohat oldi.
"Bugungi o‘qqa tutilishi Ukraina infratuzilmasiga eng yirik havo hujumlaridan biri bo‘ldi. Bu harbiy jinoyatchi Putinning yaqinda u bilan muloqot qilganlarga javobidir. Biz tinchlantirish orqali emas, kuch bilan tinchlikka erishishimiz kerak", — deb yozdi Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111719 | Инструменты