Hindiston o‘zining uzoq masofaga uchuvchi gipertovushli raketasining birinchi sinovini o‘tkazdi. Bu haqida Hindustan Times nashri xabar berdi.
Mamlakat mudofaa vaziri Rajnat Singxning so‘zlariga ko‘ra, Bengal ko‘rfazidagi Abdul Kalam orolidagi poligonda amalga oshirilgan sinov uchirilishi muvaffaqiyatli o‘tgan. Raketaning eʼlon qilingan parvoz masofasi 1500 kilometrni tashkil etdi.
"Bu tarixiy lahza va bu muhim yutuq mamlakatimizni ilg‘or harbiy texnologiyalarga ega davlatlar qatoriga kiritdi", — deya taʼkidladi Singx.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111720 | Инструменты