Huawei 1
Sergelida omborxona portlashi: 4 nafar sudlanuvchi 5 yilga qamaldi

Xabaringiz bor, 2023-yil 28-sentyabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan “Inter Logistis” MCHJga qarashli  omborxonada kuchli portlash sodir bo‘lgan edi. O‘shanda omborxona atrofida joylashgan ko‘p qavatli uylar, binolarga hamda transport vositalarga zarar yetgandi. Qolaversa, ko‘plab  fuqarolar jabrlangan. Vaziyatga aloqador bo‘lgan 4 nafar kishi qamoqqa olingan. 11-oktyabr kuni JIB Mirobod tuman sudida mazkur ish bo‘yicha sudlanayotganlarga hukm o‘qildi. Bu haqda Uzreport TV muxbiri Shaxzod O'roqboyev xabar qildi.

Qayd etilishicha, 3 nafar sudlanuvchilar JKning 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan aybli deb topilib, ikki yil rahbarlik va yong‘in xavsizligi yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum etilib, 5 yilga  ozodlikdan mahrum qilindi. Jazo esa manzil konloniyalarda o‘taladigan bo‘ldi. 

Shuningdek, sudlanuvchilardan solidar tartibda jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlarga jami 282 milliard umumiy zarar undirilishi belgilandi.

MIB Toshkent shahar Boshqarmasi zimmasiga jinoyat ishi davomida xatlangan ko‘chmas mulk, avtotransport vositalarining baholash yuklatildi. 

Ma’lumot o‘rnida, ozodlikdan mahrum qilinganlardan biri “INTERLOGISTICS” MCHJ QK direktori bo‘lib ishlagan. Bundan tashqari, yana biri asli Rossiya fuqarosi bo‘lgan shaxs koxonada qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, yana ikki nafar sudlanuvchidan biri “POLYCHEM” MCHJ direktori va ombor mudiri sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101201 | Инструменты