Huawei 1
Sharqshunoslik institutida Yaponshunoslik fakulteti ochildi

4 dekabr kuni Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida Yaponshunoslik fakultetining tantanali ravishda ochilishi bo'lib o'tdi.

Mazkur fakultetning ochilishi dunyoning yetakchi davlatlaridan biri Yaponiya bilan O'zbekiston o'rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi davrida mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti O'zbekistonda yapon tilini rivojlantirish bo'yicha yetakchilardan biridir. 1992 yilda tashkil etilgan Yapon filologiyasi kafedrasi yapon tilini o'qitish bo'yicha nafaqat O'zbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi birinchi ta'lim muassasasidir. So'nggi yillarda yaponshunoslik sohasidagi tadqiqotlar yangi fakultet tashkil qilinishiga sabab bo'ldi. Uning ToshDSHIda ochilishi yapon tili bo'yicha o'qitish jarayoni va tadqiqotchilik ishlarini birlashtirish, ushbu sohadagi yo'nalishlarni muvofiqlashtirish, o'zbek yaponshunosligi darajasini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini beradi.

Yangi fakultetning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.Abduhakimov, Oliy va o'rta maxsus ta'limi vaziri I.Majidov, Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi F.Yoshinori hamda fan va ta'lim sohasining boshqa vakillari ishtirok etdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22808 | Инструменты