Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Minhojiddin Haydar 84 yoshida vafot etdi.
Jurnalist va shoir Minhojiddin Haydar 1941 yilning 3 may kunida Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani Maslahat (To‘n ko‘ygan) qishlog‘ida tavallud topgan. To‘liqsiz o‘rta maktabdan so‘ng Andijon meditsina bilim yurtida (1958—1960) o‘qiydi. 1963—1968 yillarda esa Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetida tahsil ko‘radi.
Uning birinchi sheʼriy to‘plami 1971 yilda «Inson yuragi» nomi bilan chop etiladi. So‘ngra uning «Nina ustida qasr» (1979), «O‘chmas bo‘ron» (1979), «Tirik alanga» (1984), “Bulbulsiz” (1991) kabi bir qator sheʼriy to‘plamlari va 1992 yilda “Musallo” nomli publitsistik asarlari bosilib chiqadi.
U tarjimon va dramaturg sifatida ham sermahsul ijodkordir. Jumladan, “Onaizor” (1970), «Do‘zaxdagi shayton» (1976) kabi sheʼriy dramalari va pamfletlarini yozgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11018 | Инструменты