Huawei 1
Sirdaryoda raqobat va xolislik prinsipiga zid ravishda o‘tkazilgan davlat xaridi bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda Sirdaryoning  Xovos tumani 2-son kasb-hunar maktabi buyurtmachiligida 2023-yil 30-may kuni o‘tkazilgan 300 mln so‘mlik davlat xaridida ishtirok etgan tadbirkorlardan 2 nafarining barcha hujjatlari xarid komissiyasi tomonidan foydalanilgan kompyuterning IP-manzili orqali elektron platformaga yuklanganligi aniqlandi.  

Natijada O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning: 

— 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi);
— 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi); 
— 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilganligi va boshqa qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Mazkur holat bo‘yicha 14-yun kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi. 

Shuningdek, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga so‘rovnoma kiritildi.

Agentlikning taqdimnomasiga binoan Xovos tumani 2-son kasb-hunar maktabi tomonidan 16-iyun kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13022 | Инструменты