Huawei 1
Sirdaryoda 14 yoshli qiz o'z uyida pichoqlanib o'ldirildi

Joriy yil 20-avgust kuni soat 04.00larda noma’lum shaxs Sirdaryo viloyati Xovos tumani, Minor ko‘chasidagi uylarning biriga yashirin kirib, uyning barcha xonalaridan pul va qimmatbaho buyumlarni izlash jarayonida yotoqxonada yotgan 14 yoshli qizni (yuzini ko‘rib qolganligi sababli) pichoq bilan qasddan o‘ldirgan, deya xabar bermoqda Uzreport.news saytiga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov. 

So‘ng, pullarni qidirishni davom ettirib, uyning boshqa xonasida nomoz o‘qish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan 78 yoshli ayolga pichoq bilan tahdid qilgan holda pullar qayerda ekanligini talab qilgan. Biroq, ayoldan “pullar yo‘q” degan javobni olgach, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Xovos tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyatni fosh etish borasida tergov-tezkor guruhi tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 25 yoshli Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, oxirgi marotaba 2018-yilda bosqinchilik bilan sudlanib, hozirda manzil koloniyada jazo o‘tayotgan shaxs sodir etganligi aniqlandi.

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Farg'onada qassob aka-ukalar bilan urishib, ularga pichoq sanchgani oqibatida bir kishi vafot etgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82505 | Инструменты